Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

BU - BIZNING G’OLIB TALABA!

14:30, 21.10.2022      

Farg'ona davlat universiteti talabasi "Eng yaxshi kitobxon talaba" ko’rik-tanlovining hududiy bosqichi g‘olibi bo‘ldi!

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan "Eng yaxshi kitobxon talaba" tanlovida Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyati oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdilar.

Mazkur bosqichda vodiyning eng kuchli filologiya yo‘nalishi talabalari bahs olib bordilar. Tanlov qizg‘in munozara va bellashuvga boy tarzda o‘tib, talabalar kitobxonlik bo‘yicha o'zlashtirgan bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakulteti talabasi Z.Toshmirzayeva, 2-o‘rinni Andijon davlat universiteti talabasi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori R.Jamoldinova, 3-o‘rinni Namangan davlat universiteti talabasi G.Xaydarova qo‘lga kiritdi.

G’oliblar oliygoh rahbariyatininig esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.