Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

XOTIN-QIZLAR KENGASHI

14:32, 21.10.2022      

Bugungi kunda Respublika miqyosida "Zo'ravonlikka qarshi 16 kun" aksiyasi doirasida targ'ibot ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Farg'ona davlat universitetida ham bugun "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" shiori ostida tadbir tashkillandi.

Viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Farg'ona shahar Ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, oliygoh Xotin-qizlar maslahat Kengashi, Tabiiy fanlar, Matematika-informatika fakultetlari dekan maslahatchilari hamkorligida o'tkazilgan mazkur tadbirda talaba-qizlar ishtirok etdilar.

Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad - talaba-yoshlarning ma'naviy ongini oshirish, siyosiy bilimlarini mustahkamlash hamda tazyiq va zo'ravonlik holatlarida qanday yo'l tutishlari, kimga murojaat etishlari haqida zarur tushunchalar berishdan iborat bo'ldi.