Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

SPORT YANGILIKLARI

15:30, 21.10.2022      

Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, ularning sport bilan shug‘ullanishi uchun jahon andozalariga mos shart-sharoitlarni yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarning o‘z kuch-qudrati va imkoniyatlariga ishonch tuyg‘ularini hamda ona-Vatanga fidoyilik fazilatlarini tarbiyalash, musobaqalar bilan bog‘liq madaniy-ma’rifiy tadbirlar samarasini oshirish maqsadida, ayni kunlarda Farg‘ona viloyati Oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida "UNIVERSIADA-2022" saralash musobaqalari bo’lib o’tmoqda.

Ushbu musobaqalarning futbol turi bo‘yicha Farg’ona davlat universiteti hamda Qo’qon davlat pedagogika instituti o‘rtasidagi o‘yin Farg’ona davlat universitetining sport majmuasida bo’lib o’tdi.

Keskin kurashlarga boy o'yin yakuniga ko’ra jamoalar 1:1 hisobida durang natija ko'rsatdilar.