Korrupsiya – mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyatdir.
Yoshlar ongiga ofitserlik, oliygoh, Vatan oldidagi muqaddas burchlarini pok saqlash g’oyalarini singdirish maqsadida, Farg’ona davlat universitetining Harbiy ta’lim fakulteti jamoasi hamda rektori maslahatchisi N.Maksudov ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda ofitser-o’qituvchilar, ishchi-xodimlar va 1-bosqich kursantlari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida korrupsiya, diniy ekstremizm kabi turli darajadagi jinoyatlar va ularga qarshi kurashish kabi masalalarga alohida to’xtalib o’tildi.
Shuningdek, universitetda talaba-yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, berilayotgan imkoniyatlar to’g’risida kursantlar bilan yaqindan suhbatlashdilar.