Farg'ona viloyatida O'zbekiston Respublikasi Davlat tili qabul qilinganligining 33 - yilligi tantanalari munosib nishonlanmoqda.
Mazkur bayram munosabati bilan erta tongdan Farg'ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov boshchiligidagi jamoa - so'z mulkining sultoni, o‘zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk shoir Alisher Navoiy siymosiga hurmat va ehtirom ifodasi sifatida mutafakkir poyiga gulchambarlar qo'ydilar.
Tadbirda viloyat faollari, ijro organlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari, ta’lim muassasalari hamda keng jamoatchilik vakillari, yozuvchi va shoirlar, yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida yoshlarning ona tilimizni madh etguvchi she’rlari tinglandi.