21-oktabr- ‘‘O‘zbek tili kuni” munosabati bilan Farg'ona davlat universitetida bayram tadbirlari bo'lib o'tdi. “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida o‘tkazilgan ma‘naviy-ma’rifiy tadbir esa mohiyatan davlat tilining ulug'vor qudratini namoyon etdi.
Bayram tadbirida nutq so‘zlagan oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov tilimizning bugungi kundagi nufuzi, uni oshirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar, Filologiya fakultetida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilarning mehnati borasida iliq fikr bildirdilar.
Ayniqsa, so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan yangilanishlar va o‘zgarishlar qatorida ona tilimiz qadri va nufuzini oshirishga qaratilgan islohotlarning ham yangi bosqishga ko‘tarilayotganligini alohida ta‘kidladilar.
Tadbirda Filologiya hamda San‘atshunoslik fakulteti professor-o‘qituvchilari, magistrantlar va talabalar tomonidan o‘qilgan ma’ruza, kuy va qo‘shiqlar jonajon tilimizning go'zal tarifi sifatida yangradi.