Talaba-yoshlarni bo’sh vaqtlarida foydali ishlar bilan band bo’lishlari hamda ijara honadonlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlarini nazorat qilish maqsadida, Farg’ona davlat universitetining Uzumchilik, mevachilik va sabzavotchilik qo'shma fakulteti jamoasi rahbariyati tomonidan Oltiariq tumanidagi "Yangi hayot" mahallasi faollari bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Bunda mahalladagi ijara xonadonlarida yashayotgan talabalarning ob-havoning keskin sovib ketishi munosabati bilan ijara uylarini isitish hamda talabalarning elektr va gaz uskunalaridan foydalanish xavfsizligi, yo‘l harakati qoidalariga amal qilishini nazorat qilishda hamkorlik masalalari ham kelishib olindi.