O’zining serjilo ranglari bilan dunyo xalqlarini rom etgan o’zbek milliy matosi – Atlas va adraslarimiz, bugun jahon bozorida tabiiyligi, qimmatbaholigi bilan alohida o’rin egallash bilan birga, yurtimizga uning tarixi bilan qiziquvchi turistlar sonini ortishiga ham sabab bo’lmoqda.
Bugun, Farg’onaning Marg’ilon shahri ana shunday xorijliklar bilan gavjum. Ayni kunlarda Marg‘ilon shahrida Xalqaro “Atlas bayrami” V an’anaviy to‘qimachilik festivali bo‘lib o‘tmoqda.
Festival doirasida Turkiya, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Latviya, AQSh, Malayziya, Hindiston, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Mo‘g‘uliston, Tailand, Bangladesh, Indoneziya va boshqa mamlakatlardan tashrif buyurgan hunarmandlar, madaniyat arboblari, dizayner va soha mutaxassislariga
Chet tillari fakulteti professor-o'qituvchilar hamda talabalari tarjimonlik faoliyati va gid hamrohligi xizmati ko'rsatmoqdalar.