Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 446
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

TIL – MILLATNING RUHI

10:27, 24.10.2022      

Har bir millat dunyoda yashar ekan, o’z ona tiliga – bebaho gavhariga ega bo’ladi. Til - bu millat qalbi, xalqning tarixidir. Til – bu taraqqiyot va madaniyat bosib o’tgan olis yo’l. Buyuk ma’rifatparvar alloma Abdulla Avloniy aytganidek: ”Har bir millatning dunyoda borligini ko’rsatadurg’on oyinayi hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo’qotmak millat ruhini yo’qotmakdir”.

Darhaqiqat, til har bir millatning, xalqning ma’naviyatini, madaniyatini ko’rsatuvchi ko’zgudir.

Farg'ona shahar Ichki Ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan “Til-millat ruhi” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Farg’ona davlat universitetining dotsenti B.Qurbonova hamda Tabiiy fanlar fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi M.Dehqonboyevalar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.