Yurtimizda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha kuchli boʻladi.
Talaba-yoshlarning darsdan bo’sh vaqtlarini qanday tarzda o’tkazayotganliklari hamda ularning yashash sharoitlarini o’rganish maqsadida, Filologiya fakulteti rahbariyati 2-sonli talabalar turar joyida bo’ldilar.
Bunda yoshlarning muammolari, ularning qiziqish va fikrlari, talaba qizlarning odob-ahloqi, oshxona ozodaligi, bilim olishlari, badiiy adabiyotlar mutolaasi bilan mashg‘ul bo‘layotganligi to‘g‘risida muloqot o'tkazildi.