Oʻzbek tili oʻzbek xalqining maʼnaviy mulki boʻlib, uning ravnaqi, qoʻllanishi va muhofazasini taʼminlashga oid barcha masalalar Oʻzbekiston Respublikasining huquqiy doirasiga kirishi ijtimoiy mavqeyini kuchaytirdi, ona tilimizning ijtimoiy mavqeyini kengaytirdi.
Farg’ona davlat universitetining Tarix fakultetida olib borilgan axborot soatlarida "Dunyo uzra jaranglayotgan til" mavzusida talaba-yoshlarning ijtimoiy, siyosiy qarashlari muhokamalar asosida o'rganib borildi.
Shuningdek, Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakulteti Yoshlar ittifoqi kengashi yetakchilari tashabbusi bilan Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 33yillik bayrami munosabati bilan "Qadring baland boʻlsin, ona tilim!" mavzusida chellenj oʻtkazildi.