Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

TALABALAR TURAR JOYI - REKTOR NIGOHIDA

14:11, 24.10.2022      

Farg'ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov ayni kunlarda talabalar turar joylarida bo'lib, yoshlarning yashash sharoitlari, darsdan bo'sh vaqtlarida shug'ullanayotgan mashg'ulotlari, to'garaklar, kutubxonalar faoliyati, kuzgi-qishki tayyorgarlik, isitish tizimi holati, talabalarning ma'naviy dunyosi, fikrlashi, iqtidori, taklif va muammolari kabi muhim masalalarni o'rganmoqda.

Universitet rahbari bilan yuzma-yuz muloqotda bo'lgan talabalar bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar, qulayliklardan mamnun ekanliklarini bildirmoqdalar.

Ular o'z minnatdorchiliklarini yodlagan she'r va g'azallari, kuyu qo'shiqlar orqali ifoda etmoqdalar.