Bugun dunyoda olti mingga yaqin til va sheva bo‘lsa, ulardan bor-yo‘g‘i yuzga yaqini davlat tili maqomiga ega. 1400 ta tilning yo‘qolib ketish xavfi borligini e’tiborga olsak, davlat tili maqomini olgan shu yuzga yaqin til orasida Ona tilimizning borligidan qancha g‘ururlansak shuncha oz.
Milliy tilimizning davlat tili sifatida tasdiqlanganining 33yillik bayrami munosabati bilan Farg’ona davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakultetida "Qadring baland bo'lsin, ona tilim! " shiori ostida sport musobaqasi tashkillandi.
Sport musobaqalarida "To'maris" va "Nodirabegim" jamoalari o'zaro bellashdilar. Yakunda do'stlik g'alaba qozondi.