Joriy o’quv yilida Namangan shahridagi YEOJU universitetida “Ingliz tili darslarida Media savodxonligi va raqamli texnologiyalar”ga bag‘ishlangan navbatdagi konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferentsiyada Farg'ona vodiysining uchta viloyatidan 200 dan ortiq a'zolar - ESN stipendiatlari, ACCESS dasturi koordinatorlari, o'qituvchilari, shuningdek YEOJU universiteti direktori va direktor o’rinbosari ishtirok etdilar.
YEOJU universitetining Namangan shahridagi mintaqaviy vakili va YEOJU prorektori Milimo Mundia ishtirokchilarni qutladilar va nutqlari so‘ngida Konferensiyani rasman ochiq deb e’lon qildilar. Ochilish sessiyasida ESN murabbiyi Briana Rojers “Ingliz tilini o‘qitish kontekstida media savodxonligi va ATni o‘rgatishning ijobiy tomonlari va muammolari” mavzusida nutq so‘zladi. Uning bayonotidan so‘ng Namangan Satellite ACCESS dasturi koordinatori Ma’mura Alimova konferensiya ishtirokchilarini prezentasiya auditoriyalariga taklif qildi.
Anjumanda Farg‘ona ACCESS va Farg‘ona Satellite ACCESS dasturlari a’zolari ham faol ishtirok etdilar. Fulbrayt yordamchisi Xanna Rotvell "Ijtimoiy media xabarlarini faktlarni tekshirish: siz o’qiydigan kontent haqida tanqidiy fikr yuritish" nomli ma'lumot beruvchi taqdimot qildi. FDU o'qituvchisi Luiza Galimullina "Multfilmlar va komikslar o'quvchilarni rag'batlantirish uchun o'qitish vositasi" mavzusidagi taqdimoti davomida mehmonlarni komikslar uchun ijodiy yakunlovchi gaplar yaratish haqida o'ylashga undadi. Mehmonlar o‘zlarining bolaligini va sevimli multfilmlarini eslab, FDUning yana bir o‘qituvchisi Nigora Abdullaevaning “Talabalarning talaffuz mahoratini oshirishda kino dublyajidan foydalanish” mavzusidagi sessiyasida qahramonlar bilan kuylash imkoniga ega bo‘ldilar.
Anjumanning ikkinchi kuni prezentasiyalar yakunida ishtirokchilarga kitob lotereyasi o‘tkazildi. Keyin mehmonlar ACCESS bitiruvchilarining AQShga yozgi tashrifidan eng muhim voqealarni tingladilar. Konferensiya ishtirokchilari va ma’ruzachilariga sertifikatlar topshirilgandan so‘ng, Namangan ACCESS dasturi koordinatori Muborak Ismailova va Namangan Satellite ACCESS dasturi koordinatori Ma’mura Alimova yig‘ilganlarga va anjumanning muvaffaqiyatli o‘tishiga hissa qo‘shgan barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirib konferensiyani rasman yopilganini e’lon qildi.