Farg’ona davlat universitetining Ingliz tili va adabiyoti fakultetida “Ingliz tili darslarida mediasavodxonlik va raqamli texnologiyalar” mavzusida xalqaro amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. Anjuman Amerika Qo‘shma Shtatlarining Toshkentdagi elchixonasi ko‘magida o‘tkazildi.
Konferensiya ma’ruzachilari orasida Fulbrayt ingliz tili o‘qituvchisi assistentlari – Eshli Leyn (BuxDU), Daniel Kase (Nukus shahridagi Ibrohim Yusupov nomidagi ijodiy maktab), Elli Barker (Namangan akademik litseyi), Sem Robertson (Toshkent davlat yuridik universiteti), Meri Strabala (Farg‘ona Davlat universiteti), Grem Kingwill (Farg‘ona politexnika instituti), Eshli Leyn (Samarqand davlat chet tillar instituti), Munira Zaylobiddinova, shuningdek, Farg‘ona davlat universiteti magistranti Dilrabo Xidirovalar qatnashishdi. Anjumanni tashkil etish va o‘tkazishda Ingliz tili va adabiyoti fakulteti, Amaliy ingliz tili kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
Anjumanda Ferg’ona davlat universiteti, Farg’ona politexnika instituti, Farg’ona davlat universiteti qoshidagi akademik litseyning ingliz tili o‘qituvchilari hamda maktab o‘qituvchilari ishtirok etib, anjumanda ko‘tarilgan dolzarb masalalar yuzasidan qizg‘in bahs-munozaralarda ishtirok etishdi.