Yurtimizda “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram kechalari har qachonidan keng va o‘zgacha ruhda nishonlanmoqdi.
Ushbu bayram munosabati bilan Quva tumani 18-sonli umumta’lim maktabida “Ona tilim, sarchashmangdan sarxush dilim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Farg’ona davlat universitetining Filologiya fak ulteti professor -o’qituvchilari M.Zokirov, S.Qurbonova, G.Abdullayevalar ishtirok etib, o‘zbek tilining keng imkoniyatlarini anglash, uning sofligini saqlash to‘g‘risida o'z mulohazalarini bildirdilar.