Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 445
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“BIR ZIYOLI – BIR MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY”

17:09, 24.10.2022      

“Bir ziyoli — bir mahallaga ma’naviy homiy” g‘oyasi asosida viloyatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, keng aholi qatlami, xususan, yoshlarimizni yuksak ma’naviyatli avlodni voyaga yetkazish maqsadida, mahallalarga oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari biriktirildi. Shu boisdan bugungi kunda “Bir ziyoli — bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Farg’ona davlat universitetining Harbiy ta'lim fakulteti jamoasi tomonidan Farg'ona viloyati, Oltiariq tumani "Beruniy" mahallasida “Bir ziyoli–bir mahallaga ma’naviy homiy” ma'naviy tadbirlari doirasida “Yangi O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati” mavzusida tadbir o'tkazildi.

Tadbirdan so'ng mahalladagi keksalar holidan xabar olindi.

Shuningdek ushbu tadbir doirasida Chet tillari fakulteti tyutorlari va talabalari ishtirokida Farg’ona shahar, “Nafosat” mahallasida O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan "Qadring baland bo'lsin, ona tilim!" bayram tashkillandi.