Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​ OTA-ONALAR KUNI

11:53, 25.10.2022      

Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakultеtining o’zbеk tili, rus tili, tojik tili, rus tili va adabiyoti yo'nalishlarida ta'lim olayotgan 1-bosqich talabalarining ota- onalari davra suhbati tashkillandi.

Yig'ilishda oliy ta’lim tizimidagi yangiliklar, universitetda talabalarga yaratilgan sharoitlar, kredit-modul tizimi va uning afzalliklari, farzandlar tarbiyasi, ularning ertangi kuni va insondagi qobiliyatlarni kamol topishida ota-onaning o’rni haqida turli fikrlar bildirildi.

Shuningdek, fakultet rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-maydagi 139-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2012-yil 26-maydagi 214-sonli buyrug‘iga muvofiq, “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi NIZOM tushuntirib o‘tildi.