Milliy tilimizga bo’lgan e’tibor nafaqat bugungi kunda, balki bosib o’tgan ulkan tariximizning barcha davrlarida muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Shu o’rinda, ma’rifatparvar olim M.Behbudiyning “...Milliy tilni yo’qotmak, millatni yo’qotmakdir”, degan so’zlari orqali, O’zbek millatining ruhi bu – uning tili orqali namoyon bo’lishini e’tirof etadi.
Milliy tilimizning davlat tili sifatida tan olinishi, o’zbek xalqining erkin, hur, mustaqil ekanining tan olinishi demakdir. Shuning uchun ham, yurtimizda ushbu sana keng jamoatchilik tomonidan tantanavor nishonlanib kelinadi.
Farg’ona davlat universitetining Matematika-informatika fakultetida ham O’zbek tiliga davlat maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan “Ona tili – bu millatning ruhidir" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.