Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

TASHABBUS

17:01, 25.10.2022      

Yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, maqsadida, “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida har bir mahallaga professor-o‘qituvchi va taniqli ziyolilar biriktirilishgan edi.

Ayni kunlarda, Farg’ona davlat universitetida faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchilar o’zlariga biriktirilgan mahallalarda bo’lib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlar haqida fikr almashimoqdalar.

Xususan, oliygohning Fizika-texnika fakulteti jamoasi Farg’ona shahar, "Mash'al" mahallasida bo’ldilar va mahalla faollari hamda hududdagi 10-sonli maktab bitiruvchilari bilan uchrashuv o'tkazdilar.