Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sport turlariga qiziqishlarini oshirish orqali yoshlardagi birdamlik, tashkilotchilik, matonatlilik, vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirish maqsadida,
Farg‘ona davlat universiteti sport sog‘lomlashtirish majmuasida futbol bo‘yicha universiada 2022 bellashuvlarining hududiy bosqich musobaqalari ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bunda O‘zbek futbolining viloyat faxriylari, ixlosmandlar va mutasaddilar hamda yoshlar ishtirok etdi.
Marosimda universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Poziljon Otaqulov so‘z olib, o‘zbek futbolining tarixi va buguni haqida fikr-mulohazalar bildirib o‘tdi.
Shundan so‘ng qiziqarli va murosasiz o‘yinlar boshlandi.Shiddatli kechgan uchrashuvlar natijasiga ko‘ra 3 - 1 hisobiga Farg‘ona jamoasi Andijon jamoasini mag‘lub etdi.