Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​OLIYGOHDA VOLONTYORLIK MARKAZI

17:12, 25.10.2022      

Volontyorlar kimlar? Bular jamiyat uchun foydali ish qilishni istaydigan har xil odamlardir. Ko‘ngillilar bolalar, talabalar va nafaqaxo‘rlar, sahna yulduzlari, ijodkorlar, siyosatchilar va jamoat arboblari bo‘lishi mumkin.

Volontyorlikning eng faol ko‘rinishi qiyin hayot sharoitida bo‘lgan odamlarga yordam berishdir - bular nogironlar, yetim bolalar, yolg‘iz keksalar, muhojirlar, qochqinlar. Volontyorlarning maqsadi: ularni moddiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash, huquqlarini himoya qilish, jamiyatda ijtimoiylashish uchun yangi imkoniyatlarni ochishdir.

Hozirgi kunda ko‘plab xayriya fondlari va ko‘ngillilar tashkilotlari ijtimoiy ko‘ngillilik bilan shug‘ullanmoqdalar. Farg'ona davlat universitetida "Volontyorlik markazi" ochildi!

Universitetning barcha ko'ngilli volontyor yoshlarini birlashtiruvchi "Volontyorlik markazi"ning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Bunda:

  • - FarDU rahbariyati
  • -Universitet volontyorlari
  • -Volontyorlik jamoa a'zo va koordinatorlari
  • -Volontyorlikka qiziquvchi barcha talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Volontyorlar_markazi_Farg’ona davlat universiteti bot manzilida ro'yxatdan o'tgan talabalar bugungi tadbirda eng faollar safida bo'ldilar.