Ayni paytda Samarqand davlat universitetida Oʻzbekiston-Rossiya 3-taʼlim forumi start oldi.
Dastlabki muzokaralar boshlanib, Rossiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari, vazirliklar vakillari va Oʻzbekiston rektorlari oʻrtasidagi amaliy hamkorlik, ikki tomonlama loyihalar muhokama qilindi.
Ushbu muzokaralar va maslahatlashuvlar natijasi Rossiyada rivojlangan texnologik ishlab chiqarish sohalari tajribasini mamlakatimiz oliygohlariga tatbiq etishga qaratiladi.
Forumning ushbu shoʻbasi doirasida ikki davlat universitetlariaro oliy malakali pedagog-kadrlar tayyorlash, magistratura taʼlimini rivojlantirish, geodeziya va kartografiya,avtomobil transporti boʻyicha oliy muhandislik maktablarini yaratish hamda shu kabi oʻzaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish boʻyicha bir qancha masalalar muhokama qilinmoqda.
Unda 2022-2027-yillarga moʻljallangan magistratura dasturlarini ishlab chiqish, Rossiya universitetlari bilan hamkorlikda “Energetika”, “Avtomobil transporti” oliy muhandislik maktablari faoliyatini yoʻlga qoʻyish, ilmiy-ishlab chiqarish markazi bilan oʻzaro aloqalarni oʻrnatish boʻyicha kelishuvlarga erishiladi.