Amerika Elchixonasi bilan hamkorlikdagi “Kichik grant loyihalari” doirasida hamda Farg’ona davlat universitetining Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani tashabbusi bilan “Property grant: S-UZ800-23-PG-0001” raqamli grant dasturi asosida Ingliz tili va adabiyoti fakultetiga qiymati qariyb 1000$ ni tashkil qiluvchi 100dan ortiq Amerika adabiyoti namoyondalarining asarlari topshirildi.
Ushbu badiiy adabiyotlar orqalifakultet talabalariga Amerika adabiyoti namoyondalariningdurdonalari asarlaridan bahramand bo'lish va ularning vaqtlarini mazmunli o'tkazishning yana bir imkoniyati yaratildi. Shuningdek, ushbu loyiha fakultetning ilmiy salohiyatini yuksaltirishda muhim omillardan biri sifatida xizmat qiladi.