Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​ILMIY VA INNOVATSION HAMKORLIK ISTIQBOLLARI

15:55, 27.10.2022      

Forumning soʻnggi sessiyasida Rossiyaning bir qator oliy taʼlim muassasalari bilan birgalikda ilmiy tadqiqot faoliyatini kengaytirish, tibbiyot,togʻ-kon texnologiyalari, huquq va geologiya sohalaridaakademik mobillikni yoʻlga qoʻyish, shu jumladan, Sibir federal universiteti bilan 2023-2024-yillarga moʻljallangan Yoʻl xaritasi loyihasini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Oʻzaro muzokaralarda Farg'ona davlat universiteti va Rossiya Federatsiyasining B. B. Gorodovikov nomidagi davlat universiteti o'rtasida kelishuv shartnomasi imzolandi.

Kelishuv chog'ida universitet rektori- biologiya fanlari doktori Badma Katinovich Salaev ushbu hamkorlikdan mamnun ekanligini bildirdi.

Oʻzbekiston-Rossiya3-taʼlim forumi ko'tarinki ruhda o'tar ekan, bunda ikki davlat tomonidan 200 nafardan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, ishlab chiqarish kompaniyalari vakillari, vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etdilar.

Anjuman yakuni boʻyicha 15 ga yaqin hujjatlar almashinuvi rejalashtirilgan bo'lsa, shuning binobarida Farg'ona davlat universiteti ham manfaatli kelishuvlarga erishdi.