Millatimiz va xalqimiz mentalitetini o‘zida namoyon etuvchi buyuk ma’naviyatimizni asrash xalqimiz taqdiri va kelajagi, hayot-mamotimiz vazifasi ekanligini anglash o‘ta muhim vazifadir.Globallashuv davrida dunyoda vujudga kelayotgan tahlikali vaziyat tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Dunyo miqyosida keskin g‘oyaviy kurashlarning avj olishi, turli mafkuralar to‘qnashuvi, demokratiya yoki turli diniy ta’limotlar shiorlari bilan “chiroyli” niqoblangan yovuz g‘oyalarni singdirishga intilish tobora kuchayib bormoqda. Xususan, dunyo xavfsizligi va barqarorligiga jiddiy raxna solishga intilayotgan ekstremizm, terrorizm, aqidaparastlik, giyohvandlik kabi tahdidlarning mavjudligi jiddiy fikrlashni talab etmoqda.
Bu borada Farg'ona davlat universitetida samarali ishlar tashkillanmoqda.
Xususan, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2022-yil 25-oktabrdagi 87-01-936-sonli xatiga asosan, Universitet hamda Viloyat hokimligi hamkorligida talaba-yoshlar uchun "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Tadbirda Oliygoh rahbariyati, Viloyati hokimining Jamoat va diniy tashkilotlar bo'yicha o'rinbosari Xatamov Jamshid Muxtorovich ishtirok etdilar.