Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda Farg‘ona shahar Ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi, Xotin-qizlar masalalari bo’yicha katta inspektori D.A. Abdullayeva, fakultet rahbariyati hamda 1-bosqich talaba-yoshlari ishtirok etdilar.
Bunda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarga davlat himoyasini taqdim etish tartibi, xotin-qizlarga tazyiq o‘tkazayotgan yoki ularga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxsga yoki bir guruh shaxslarga nisbatan belgilangan choralari qo‘llanishiga asos bo‘ladigan hujjat sifatida “Himoya orderi”ni berish tizimi va shu kabi muhim masalalar xususida so'z bordi.