Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 505
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 394
    • Shikoyatlar 50
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​"BIR ZIYOLI –BIR MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY"

17:22, 28.10.2022      

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PQ-92-son qarori asosida "Bir ziyoli mahallaga ma’naviy homiy" tamoyili doirasida Farg'ona davlat universiteti rahbariyati hamda Ingliz tili va adabiyoti fakulteti hamkorligida yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish, mahallada yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo’sh vaqtlarini unumli tashkillash maqsadida Oltiariq tumanida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

“Yuksalish" mahallasida bo'lib o'tgan ushbu tadbirda yoshlar va universitet jamoasi o'rtasida zakovat o'yinlari olib borildi. Shuningdek, mahalla yoshlari yod olgan she'rlar, kuy-qo'shiqlar tinglandi.

Tadbir davomida mahallaning ma'naviy hayotida faollik ko'rsatib, tengdoshlariga ibrat ko'rsatayotgan yoshlar universitetning esdalik sovg'alari - kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar.