Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​PROFILAKTIK TARG'IBOT

17:28, 28.10.2022      

Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik va tazyiqlarning oldini olishga doir o‘ziga xos milliy tizim va normativ-huquqiy asoslar yaratilib, uni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga ahamiyat berilganligi va aholi o’rtasida ushbu masalalar yuzasidan targ’ibot ishlarini yo’lga qo’yilishi natijasida, bugun yurtimizdafuqarolarning turli huquqbuzarliklar va jinoyatlardan himoyalanish darajasi ortib bormoqda.

Farg’ona davlat universitetining talaba yoshlari ma'naviy ongini oshirish, siyosiy bilimlarini mustahkamlash hamda tazyiq va zo'ravonlik holatlarini oldini olishda amalga oshirilishi zarur bo’lgan masalalar yuzasidan “Siz huquqingizni bilasizmi?”, “Xotin-qizlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish” hamda “Tazyiq va zoʻravonlikka uchragan ayollarga himoya orderi berilishi” kabi shiorlar ostida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Ushbu uchrashuvda Ingliz tili va adabiyoti, Matematika-informatika hamda Fizika-texnika fakulteti talaba-yoshlari ishtirok etdilar.