O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2022-yil 14-oktabrdagi 2/18-1/2-9-sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida San'atshunoslik fakultetida "BIZ ZO'RAVONLIKVA TAZYIQQA QARSHIMIZ" mavzusida tadbir o'tkazildi.
Tadbirda mavzu doirasida fakultetining xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi M.Nasriddinova, Farg‘ona shahar Ichki Ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektori, mayor D. Abdullayeva, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.Tadbir o'zaro muloqot tarzida o'tkazilib, mavzuga doir videorolik ham namoyish etildi.
Shuningdek, "Biz tayziq va zo'ravonlikka qarshimiz" mavzusida profilaktik tadbirlar oliygohning Pedagogika - psixologiya fakultetida ham bo'lib o'tdi va undafakultet rahbariyati hamda shahar Ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektori, mayor D.Abdullayeva talabalar bilan davra suhbati o'tkazdi.