Oltiariq tumani "Shodiyona", "Olmazor" mahallalarida “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida hamda mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida targ‘ibot tadbirlari bo’lib o’tdi.
Tadbirda Pedagogika - psixologiya fakulteti rahbariyati, mahalla faollari va mahalla yoshlari ishtirok etdilar. Unda, ziyolilar tomonidan oliy ta’lim tizimidagi yangiliklar, mavjud ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar haqida mahalla yoshlari va ota-onalarga batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida hamkorlik doirasida ushbu mahallani “Eng nufuzli mahalla” darajasiga ko’tarishda, yaqindan amaliy ko‘mak berish masalalarga alohida to’xtaldilar.