Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“OILA VA TA’LIM UYG’UNLIGI”

12:10, 01.11.2022      

Har qanday jamiyat taraqqiyotida oilalarning, oilalar mustahkamligining o‘rni beqiyosdir. Oila - jamiyat deb atalgan butun bir organizmni tashkil etuvchi hujayradir. Har bir oilaning sog‘lom bo‘lishi, ularda ijobiy psixologik iqlimning hukm surishi, unda voyaga yetayotgan har bir inson kamolotiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Oilada ayollarning ta’limga, ma’rifatga intilishi, jamiyatning farovonligidan dalolatdir.

Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakultetida oila va ta’limning uzviy bog’liqligi, talabalarning ta'lim va oila ma'suliyatini birdek his etib, jarayonni teng olib borishga yo'naltirish masalalari yuzasidan davra suhbati tashkil etildi. Uchrashuvda, tajribali psixolog, psixologiya fanlari nomzodi - Shirin Mustafoyeva hamda Filologiya fakulteti jamoasi ishtirok etdilar.

Bunda "Oila va ta'lim uyg'unligi" mavzusida trening olib borildi.