Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 446
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

XALQARO HAMKORLIK DOIRASIDA

14:10, 01.11.2022      


Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakulteti Rus filologiyasi kafedrasida universitetlararo hamkorlik doirasida Sankt-Peterburg davlat universitetining “Rus tili chet tili sifatida va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Popova Tatyana Igorevna va shu kafedraning dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Yerofeyeva Inna Nikolayevna o'z faoliyatini boshladi.

Ular ishtirokidagi ma'ruzalar joriy yilning 6-noyabriga qadar bo'lib o'tadi. Shuningdek, “Lingvistika: rus tili” mutaxassisligi magistrantlari uchun mahorat darslari va rus filologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari uchun rus tilini o‘qitish metodikasi bo‘yicha konsultatsiya darslari ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.