Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

DIQQAT, PRЕMYERA

16:13, 01.11.2022      

Jahon adabiyoti durdonalarini chuqur o’rganish, Amerika dramaturgiyasini o’zbek talabalar ijrosida sahnalashtirish va jahon sahnasiga olib chiqish, talabalarning ingliz tili va uning adabiyotini o‘rganishi savodxonligini yanada oshirish hamda ularni bo’sh vaqtlarini shu kabi to’garakga jalb qilish maqsadida, Farg‘ona davlat universitetining Ingliz tili va adabiyoti fakultetida amerikalik yozuvchilarning hikoyalari asosida Luiza Mey Alkottning "Kichkina ayollar", Margaret Mitchellning "Shamollarda qolgan hislarim" va F.Skott Fitsjeraldning "Buyuk Getsbi" asarlari talabalar tomonidan sahnalashtirilmoqda.

Ushbu teatr jamoasiga fakultet rahbari Toirova Nargiza Isakovna – koordinator, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ibragimova Dilafruz Shuhratovna – rejissorlik qilmoqda.

Amerika elchixonasi bilan hamkorlikdagi ushbu loyihaning umumiy qiymati 7950 AQSh dollarini tashkil etib, ayni kunlarda mazkur asarlarning premyerasi ustida ishlamoqdalar.

2022- yil 18-noyabr kuni Islom Karimov nomidagi teatr-konsert saroyi "Shovvoz Getsbi" asarining premyerasi bo'lib o'tadi. Bu esa o'z navbatida talabalarga yana bir bor haqiqiy Ingliz drama muhitini his qilishga imkon yaratadi.