O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta'lim Vazirligi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlari (ACIE) O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligidagi ACCESS dasturi 2022-2024 yillarga mo’ljallangan loyihadir. ACCESS dasturi ikki yillik xalqaro dastur bo'lib, 14-17 yoshli, o'qishda yaxshi ko'rsatkichlarga ega bo'lgan bolalarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, ularga ikki yil davomida ingliz tilini bepul o'rganishga imkon beradi. Dastur, shuningdek, ishtirokchilarga dasturning bir qismi sifatida o'tkaziladigan turli tadbirlarda qatnashish orqali yetakchilik fazilatlarini rivojlantirishga imkon beradi.
“The English Access Microscholarship Program” dasturi doirasida 2022-yil 31-oktabr-4-noyabr kunlari jalb qilingan ingliz tili o‘qituvchilari uchun trening tashkil qilinmoqda. Trening o‘tkazilishidan ko‘zlangan maqsad ingliz tili o‘qituvchilarining pedagogik mahorati va malakasini oshirish, o‘qituvchilarni yangi o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy materiallar, standart ish tartiblari hamda monitoring va baholashning istiqboldagi rejalari bilan tanishtirish, shuningdek o‘qituvchilarga o‘zaro tajriba almashish imkonini yaratishdan iborat. Quvonarlisi, ushbu dastur doirasida Farg’ona Davlat Universiteti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani Toirova Nargiza Isakovna (koordinator), Amaliy ingliz tili kafedrasi professor-o’qituvchilari Toshmatov Alimardon va Luiza Galimullinalar ham ushbu trening doirasida ishtirok etmoqda. Ushbu trening ishtirokchilarga o’qitish tizimida xalqaro ta’lim standartlarini joriy qilish, ta’lim berish sifatini yaxshilash kabi sohalarda bilim va malakalarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.