Farg’ona davlat universitetiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) raisi Yusupov Axmadbek Tadjiyevich tashrif buyurdi.
Oliy attestatsiya komissiyasi raisi tashrif davomida universitetda ixtisoslashgan kengash a’zolari, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar bilan uchrashib, muloqot olib borar ekan, ularning ilmiy izlanishlari, tadqiqotlari samaralari, faoliyat natijalarini o’rgandi.
Muloqotda A.Yusupov yosh tadqiqotchilarning har bir takliflari va muammolari bilan qiziqdi, shuningdek, ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar berish tartibi va talablari, so'nggi vaqtlarda ilmiy darajalar berish borasida amalga oshirilayotgan ijobiy o'zgarishlar, soha islohotlari bo'yicha batafsil ma'lumotlar berib o'tdi.