O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganligining 30 yilligini munosib nishonlash doirasida So‘g‘d viloyatining shoir, adabiyotshunos va yozuvchilardan iborat ziyolilarning Farg‘ona viloyatiga tashrifi munosabati bilan Filologiya fakultetida “Ganji suhan” nomli adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.
Tadbirni Farg‘ona davlat universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori R. Shukurov ochib berdi.
Shuningdek, yig‘ilishda Xo‘jand davlat universiteti dotsenti Saidumron Saidov, Tojikiston xalq shoiri Ma’ruf Bobodjon, yozuvchilar Dodoxoni Egamzod, Matluba Yormirzoyeva, filologiya fanlari doktori Nuralӣ Nurzod, filologiya fanlari nomzodi, dotsentlar Sharifdjon Tadjibayev, Subxon A’zamzod, shoira Gulnoz Toxiriyon, Xuseyn Yusupov, Nodira Kuziyeva, Surayyo Hakimova, jurnalist Mansur Djurayev, Tojikiston iqtisod, san’at va siyosat universiteti dotsenti Sodirxon Umarovlar o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdilar.