Kuni kecha talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida Ingliz tili va adabiyoti fakulteti, Amaliy ingliz tili kafedrasi professor o'qituvchilari va fakultet tyutorlari ishtirokida universitet "Book cafe" binosida "Spelling bee" tanlovi o'tkazildi. Tanlovda 3 TTJ da istiqomat qilovchi Ingliz tili va adabiyoti talaba qizlari ishtirok etdilar. Tadbirni ma'naviy-marifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari D.Ibragimova, Amaliy ingliz tili kafedrasi mudiri S.Usmanovalar ochib berdilar. Tadbir g'oliblariga tashakkurnoma hamda sovg'alar topshirildi.