O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining barkamol avlodni tarbiyalashda ilgari surayotgan 5 muhim tashabbuslaridan biri bo‘lgan yoshlarni sportga jalb qilish va yoshlarni jismonan chiniqtirish maqsadida, Farg’ona davlat universitetining Matematika-informatika fakulteti tomonidan talabalar turar joyi hamda ijara xonadonda yashovchi talabalar o’rtasida sportning “mini futbol”, “ volleybol” turlari bo‘yicha musobaqalar o’tkazildi. Musobaqalar yoshlarga ko‘tarinki ruh bahsh etdi.
Shuningdek, Talabalar bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog’lom turmush tarziga targ’ib qilish maqsadida 3-sonli Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba-yoshlar o’rtasida sportning shaxmat-shashka, stol tennisi turlari bo’yicha musobaqalar tashkil etildi.