Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​SOG’LOMLASHTIRISH KUNI

10:11, 04.11.2022      

Talaba-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish va“Besh muhim tashabbus” doirasida Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakulteti tomonidan haftaning chorshanba kuni "Sport - sog'lomlashtirish kuni" deb belgilandi. Bunda sportning voleybol turi bo'yicha musobaqa tashkillandi.

Shu bilan birga, Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti kafedrasi o'qituvchilari4-sonli Talabalar turar joyida sportning "Shashka", "Shaxmat" va "Stol tennisi" sport turlari bo'yicha musobaqa tashkilladilar.

Mazkur tashabbus doirasida, universitetning4-sonli talabalar turar joyida Fizika-texnika fakulteti jamoasi tomonidan talaba-yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida sport tadbirlari tashkil etildi.

Shuningdek, Zootexnika fakulteti tomonidan talabalar bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida 13-sonli o'quv binosida joylashgan Talabalar turar joyida ham sportning shaxmat va shashka turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazildi.