Yurtimizda san’atni rivojlantirish, ustoz san’atkorlarning boy ma’naviy merosini o‘rganish va keng targ‘ib qilish, ularning ijodiy yo‘nalishlarini davom ettirish maqsadida ijod qilayotgan iste’dodli yoshlarni aniqlash, yangi ovozlarni kashf etish, qo‘llab-quvvatlash va katta sahnalarda o‘z ovoz imkoniyatlarini namoyish etishlariga yordam berish maqsadida ko’plab ko’rik –tanlovlar tashkillanmoqda.
Xususan, Farg’ona shahrida O'zbekiston xalq xofizi Orifxon Xatamovning xotirasiga bag'ishlangan ko'rik-tanlovning shahar bosqichi bo’lib o’tdi. Unda, San'atshunoslik fakultetining "Tarona vokal cholg'u ansambli" a'zolari faol ishtirok etdilar.
Yakuniy natijalarga ko’ra, faxrli 1-o'rinni Mirkomilov Hayotbek, 3-o'rinni Mirzaboyev Narmonbeklar egalladilar.