Farg’ona davlat universitetining “Uzumchilik, mevachilik va sabzavotchilik qoʻshma fakulteti”da fakulteti jamoasi tashabbusi bilan Oltiariq tumani Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi bo’limi boshligʻi kapitan Aʼzamjon Mirzaboyev ishtirokida talaba-yoshlar bilan yongʻin, elektr va is gazi havfsizligi qoidalari boʻyicha davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbirda talabalarga mutaxassis tomonidan har yili kuz-qish mavsumida havfliligi ortadigan is gazi hamda yongʻin havfini oldini olish boʻyicha tegishli yoʻriqnoma va atroflicha tushunchalar berildi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Uchrashuv davomida, talabalarga yong’in chiqishi bilan bog’lik videoroliklar talabalarga havola qilindi.