Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

MUZEYGA SAYOHAT

18:52, 05.11.2022      

Farg'ona davlat universiteti Harbiy taʼlim fakulteti Umumqo’shin tayyorgarlik sikli katta o’qituvchisi zaxiradagi podpolkovnik Turgunbayev Toxirjon Abdug’afurovich tomonidan harbiy qismlarda tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar uslubiyoti fanidan 2-bosqich 21.106 va 21.107 guruh kursantlari bilan Farg’ona shahridagi o’lkashunoslik muzeyiga sayohat uyushtirildi.

Sayohat davomida talabalarga, muzeylarning barcha fanlar bilan uzviy bo’g’liqligini, unda jamlangan moddiy va madaniy zahiralardan bilish mumkinligi, muzeylarda tabiat va jamiyatni oʻrganish bilan uzviy bogʻliq boʻlgan manbalarni jamlanishi, buyumlarni ilmiy hujjatlashtirish, oʻrganish va saqlash, ekspozitsiya va koʻrgazmalar tashkil etish, ilmiymaʼrifiy, gʻoyaviytarbiyaviy faoliyati va boshqalarda namoyon boʻladigan ijtimoiy vazifalari haqida batafsil tushunchalar berildi.