Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 446
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

“TALABALIKKA BAG’ISHLOV”

18:54, 05.11.2022      

Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakultetida “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari an’ana tusini olmoqda. O‘tgan haftada fakultetning filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili yo‘nalishi 1-bosqich talabalari tomonidan mazkur tadbir o‘tkazilgan bo‘lsa, bugun o‘zbek tili va tojik tili yo‘nalishi talabalari tomonidan tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.

Dastlab talabalar Vatanga munosib farzand bo‘lish haqida ramziy qasamyod qabul qilgan bo‘lsalar, tadbir davomida o‘zlarining iqtidor qirralarini namoyish etdilar. Talabalar hayotiga oid qiziqarli holatlar sahna ko‘rinishlari, kuy, qo‘shiq va raqslar ijro etildi. Mazkur tadbir chin ma'noda talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkillashga xizmat qildi.