Farg’ona davlat universitetining Tarix fakulteti, Sotsiologiya kafedrasi o'qituvchisi Nurmatova Iroda Akramdjorovnaning 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligidan “Jamiyat ma’naviy muhitini barqarorlashtirishda axloqiy me’yorlashtirish texnologiyalari” mavzusida falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi - Falsafa kafedrasida muhokamadan o'tkazildi. Tadqiqotchi keyingi bosqichga muvaffaqiyatli yo'l oldi.