Yoshlar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yich Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakultetida talabalar o‘rtasida “Ogohlik – davr talabi” mavzusida profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.
Jumladan, Farg‘ona shahar Ichki Ishlar boshqarmasi boshlig‘i A.Mirzayev, boshqarmaning mas’ul xodimlari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. Tadbirda i ogohlikka, xushyorlikka chaqiruvchi ma’ruzalar, yoshlar orasida ko‘p uchrayotgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablari atroflicha muhokama etildi.
Jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha talabalarga tegishli tavsiyalar berib o‘tildi hamda maxsus videoroliklar namoyish etildi.