Aholini sog'lom turmush tarziga faol jalb etishning eng ommalashgan usullaridan biri – bu qisqa va uzoq masofalarga ommaviy yugurish musobaqalari bo'lib, bunda ishtirokchilarni yoshi chegaralanmaydi.
Joriy yilning 1–3 noyabr kunlari Samarqand shahrida 5, 10, 21 km masofaga yugurish bo'yicha o’tkazilgan “Samarkand half marathon” xayriya yarim marafonida ham 20 ga yaqin mamlakat va respublikamiz viloyatlari va Toshkent shahridan 3 000ga yaqin marafonchilar ishtirok etdilar.
Ushbu marafonda,Farg’ona davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakulteti 20.58-guruh talabasi Sitorabegim Qurbonova Samarqand shahrida o‘tkazilgan yarim marafonda 21.1 km masofaga yugurish musobaqasida ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi va 10.000.000 so'mlik qiymatga ega sertifikatni qo‘lga kiritdi.