Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 479
  • Ko`rib chiqilganlar 446
    • Takliflar 60
    • Arizalar 370
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

​YUKSAK ILMIY SALOHIYAT SARI

16:26, 08.11.2022      

Farg'ona davlat universitetidailmiy salohiyatni oshirish borasida olib borilayotgan ishlar natijadorligini o'rganish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov raisligida olib borilgan mazkur yig'ilishda rahbariyat vakillari, professor-o'qituvchilar, fan doktorlari, ilmiy yo'nalish bo'yicha mas'ul mutasaddilar ishtirok etdilar.

Kun tartibida ilmiy yo'nalish holati, ushbu tizimda amalga oshirilayotgan huquqiy o'zgarishlar,samaralari, universitetning ilmiy salohiyat, milliy reytingda TOP Oliy ta’lim muassasalar qatoriga hamda xalqaro reytinglarga kirish masalasi, bu boradagi xalqaro aloqalar, Ilmiy Kengashlar ishi, chop etilayotgan monografiyalar, maqolalar ko'lami, "ustoz-shogird"tarziga tashkil etilayotgan ishlarning borishi, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish va boshqa muhim masalalar ishtirokchilar e'tiborida bo'ldi.

O'zaro muloqot qismida jamoaning kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan taklif va muammolari tinglandi hamda zarur yechimlar, kelgusi rejalar belgilandi.