Talaba-yoshlarni to’garak mashg’ulotlardagi faolligini oshirish hamda ularni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkillash maqsadida, Farg’ona davlat universitetining Maktabgacha va boshlang'ich taʼlim fakulteti professor-o'qituvchilari tomonidan 6-talabalar turar joyida talaba-qizlar uchun "Yosh matematiklar" to'garak rejasi asosida seminar-trening tashkilladilar.
Mazkur seminar-treningda talabalar maktabgacha va boshlang’ich ta’limda matematik metodlar, matematik o’yinlar yuzasidan bilimlarini sinovdan o’tkazdilar.