Farg’ona davlat universitetining Fizika-texnika fakultetida "Diniy ekstremizm oqibatlari va internet tarmog'idan foydalanish madaniyati" mavzusida talaba-yoshlar uchun ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda ishtirok etayotgan Din ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi I.Mirzaahmedov, Farg‘ona shahar Ummul quro masjidi noibi A.Tojiboyev, Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Kiberxavfsizlik bo‘limi katta mutaxassisi U.Umaraliyev, shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi va yoshlar bilan ishlash guruhi inspektor-psixolog R.Qurbonovlar ma'ruza qilar ekanlar, yoshlarga xalqaro terrorizm, diniy aqidaparastlik va ekstremizmni mohiyati, bularning g‘oyaviy ildizlari, mamlakatimizda uni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berdilar.